Proteksionizm siyosati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli xil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati. Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi. Ularning asosiylari quyidagilar:

  1. Boj toʻlovlari. Boj toʻlovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
  2. Import kvotalari. Import kvotalari yordamida maʼlum bir vaqt oraligʻida import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning maksimal hajmi oʻrnatiladi;
  3. Tarifsiz toʻsiqlar. Taʼrifsiz toʻsiqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qoʻyish yoki oddiy maʼmuriy taqiqlashlar tushuniladi;
  4. Eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo toʻsiqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari oʻzlarining maʼlum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]