Prokopis Pavlopoulos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prokopis Pavlopoulos
Προκόπης Παυλόπουλος
 Gretsiya prezidenti
 
Mansab davri
2015-yil 13-martdan – 2020-yil 13-martgacha
Hukumat boshligʻi Alexis Tsipras
Oʻtmishdoshi Karolos Papoulias
Vorisi Katerina Sakellaropoulou
Gretsiya ichki ishlar vaziri
Mansab davri
2007-yil 19-sentyabrdan – 2009-yil 11-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Spiridon Flougaitis
Vorisi Spiridon Flougaitis
Gretsiya davlat ma’muriyati vaziri
Mansab davri
2004-yil 10-martdan – 2007-yil 24-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Nikolaus-Mikail Alivizatos
Vorisi Spiridon Flougaitis
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1950-yil (1950-07-10) (73 yosh)
Kalamat
Mukofotlari Qaqnus ordeni (Gretsiya)Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni

Prokopis Pavlopoulos (grekcha: Προκόπης Παυλόπουλος, 10-iyul 1950-yil, Kalamata) – 2015-yil 13-martdan 2020-yil 13-martgacha Gretsiya prezidenti[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prokopis Pavlopulos Kalamatada oʻrta maktab direktori va oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan, shu shaharda oʻsgan[3][4]. 1968-yilda Afina universitetining huquq fakultetiga oʻqishga kirdi[4].

1975-yilda hukumat stipendiyasi bilan Parij Panteon-Assas universitetida davlat huquqi boʻyicha doktorlik darajasini oldi[5]. Keyin Gretsiyaga qaytib, Gretsiya armiyasida harbiy xizmatni oʻtadi (1978–79)[5]. 1980-yilda Afina universitetida oʻqituvchi boʻlgan. 1986-yilda esa dotsent lavozimiga koʻtarildi. 1989-yilda maʼmuriy huquq kafedrasi professori etib saylandi[6]. 1986-yilda Pavlopulos Panteon-Assas universitetining yordamchi oʻqituvchisi edi[7].

1996-yilgi parlament saylovlarida Yangi Demokratiya partiyasidan parlament aʼzosi etib saylangan. 2000-yilgi parlament saylovlarida Afina A saylov okrugidan deputat etib saylangan. 1996-yil 20-aprelda Evert tomonidan Yangi Demokratiyaning Matbuot va Axborot kotibi etib tayinlangan. 2000-yil 14-aprelda uning Parlament matbuot kotibi boʻldi[8][9]. 2000, 2004, 2007, 2009 va 2012-yillardagi saylovlarda ketma-ket qayta saylangan[10].

2004-yil mart oyida oʻtkazilgan „Yangi demokratiya“ gʻalaba qozongan saylovlardan soʻng Pavlopulos 10-mart kunida Bosh vazir Kostas Karamanlisning yangi hukumatida Ichki ishlar, davlat boshqaruvi va markazsizlashtirish vaziri boʻldi[11][12]. 2007-yil sentabrdagi parlament saylovlarida „Yangi demokratiya“ gʻalaba qozonganidan keyin tayinlangan hukumatda Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash vazirligi bilan birlashtirildi. Pavlopoulos ichki ishlar va jamoat tartibi vaziri boʻldi[13].

17 fevral kuni Bosh vazir Aleksis Tsipras prezidentlik saylovlarida hukmron Syriza – ANEL koalitsiyasining Gretsiya prezidenti lavozimiga nomzodi sifatida Pavlopulosni koʻrsatdi[14]. 2015-yil 18-fevralda Syriza, ANEL va oʻzining „Yangi demokratiya“ partiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Pavlopulos Gretsiya parlamenti tomonidan 233 ovoz bilan Gretsiyaning prezidenti etib saylandi. 2015-yil 13-martda Karolos Papulyasning vakolat muddati tugagandan soʻng oʻrnini egalladi[15].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vlassia Pavlopoulou-Peltsemi bilan turmush qurgan, ularning ikkita qizi: Mariya va Zoe, bir oʻgʻli Vasilis bor[16][17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Na post prezidenta Gresii vidvinut Prokopis Pavlopulos.[sayt ishlamaydi]
  2. Parlament Gresii izbral Prokopisa Pavlopulosa prezidentom strani. // RIA Novosti.
  3. Biography on Greek Parliament website
  4. 4,0 4,1 „el:Ποιος είναι ο Προκόπης Παυλόπουλος, ο υποψήφιος Πρόεδρος της Δημοκρατίας“ (el). in.gr (2015-yil 17-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  5. 5,0 5,1 „el:Ποιος είναι ο Προκόπης Παυλόπουλος, ο υποψήφιος Πρόεδρος της Δημοκρατίας“ (el). in.gr (2015-yil 17-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  6. Biography on Greek Parliament website
  7. Oberlé, Thierry. „Pavlopoulos, un ministre de l'Intérieur dans la tourmente“ (fr). Le Figaro (2008-yil 11-dekabr).
  8. Biography on Greek Parliament website
  9. CV at the website of the Greek embassy in France (fransuzcha).
  10. „el:Ποιος είναι ο Προκόπης Παυλόπουλος, ο υποψήφιος Πρόεδρος της Δημοκρατίας“ (el). in.gr (2015-yil 17-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  11. CV at the website of the Greek embassy in France(fransuzcha).
  12. „New interior minister says 'state to be re-established with spirit of unity'“, Athens News Agency (hri.org), March 11, 2004.
  13. „New faces and trusted aides are unveiled in Karamanlis’s Cabinet“, ANA (ekathimerini.com), September 19, 2007.
  14. „el:Τον Προκόπη Παυλόπουλο πρότεινε η κυβέρνηση για Πρόεδρο“ (el). in.gr (2015-yil 17-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  15. „el:Πρόεδρος της Δημοκρατίας με 233 ψήφους ο Προκόπης Παυλόπουλος“ (el). in.gr (2015-yil 18-fevral). Qaraldi: 2015-yil 18-fevral.
  16. „el:Ποιος είναι ο Προκόπης Παυλόπουλος, ο υποψήφιος Πρόεδρος της Δημοκρατίας“ (el). in.gr (2015-yil 17-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-fevral.
  17. Zikakou, Ioanna. „Prokopis Pavlopoulos: Who Is the New President of the Hellenic Republic?“. Greekreporter.com. Greek Reporter (2015-yil 18-fevral). Qaraldi: 2015-yil 21-aprel.