Prado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prado (Prado) — Madriddagi milliy rangtasvir va haykaltaroshlik muzeyi. 1819-yil ispan qirolligi badiiy asarlar toʻplami asosida tashkil etilgan. P. 15—19-asrlar ispan rangtas-viri (El Greko, X. Ribera, F. Surba-ran, D. Velaskes, F. Goyya va boshqalar), 16-asr italyan rassomlari kartinalari (Rafael, Titsian va boshqalar), 15—16-asrlar niderland (Roger van der Veyden, X.Bosx, A. Mor va boshqalar), shuningdek, flamand (P. Rubens va boshqalar) va fransuz (N. Pussen va boshqalar) maktablari namoyan-dalari asarlarining boy toʻplamiga ega. P. soʻnggi ispan klassitsizmi us-lubida maxsus qurilgan (1785—1830, meʼmori X. de Vilyanuev) binoda joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil