Parashut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harbiy parashut.

Parashut (fr. parachute — „qulashga qarshi“) atmosferada qulayotgan obyektni havo qarshiligi yordamida sekinlashtiruvchi moslamadir. Parashutlar yengil, qattiq matodan tayyorlanadi (ipak, neylon kabi). Parashut obyekt vertikal tezligini kamida 75% ga kamaytirishi lozim, aks holda foydalanish mumkin emas. Parashutlar yordamida osmondan yerga turli yuklar, masalan, odam, ulov, oziq-ovqat, bomba, fazoviy kapsulalar tushiriladi.