Novosibirsk viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Novosibirsk viloyati - Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1937-yil 28-sentabrda tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibirning janubi-sharqida joylashgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rayoni tarkibida. Maydoni 178,2 ming km². Aholisi 2744,0 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuningdek, nemis, ukrain, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 30 maʼmuriy tuman, 14 shahar va 18 shaharcha bor. Markazi – Novosibirsk shahri

Novosibirsk viloyati asosan, Ob va Irtish daryolari oraligʻida joylashgan. Vasyuganye te-kisligining janubiy qismini, Baraba payettekisligini egallaydi, sharqda Salair kryajiga tutashgan. Yer yuzasi tekislik, balandligi 150–200 m, viloyatning faqat sharqiy qismida balandligi 300–350 m boʻlgan Salair kryajining etaklari bor (eng baland joyi 498 m). Foydali kazilmalari: tabiiy gaz, neft, tosh-koʻmir, torf, oltin. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi janubida –16° gacha, shimolida –20° gacha. Ii-liga 300–350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri shimolida 146, janubida 160 kun. Asosiy daryosi – Ob. Ob daryosida Novosibirsk suv ombori va GES bor. Koʻl koʻp. Novosibirsk viloyati qududining 28% botqoqlik. Tuproqlari podzol, sur tusli va oʻrmon, qoratuproklar. Katta maydonni asosan, igna bargli oʻrmonlar egallaydi. Yovvoyi hayvonlardan shimol bugʻusi, los, silovsin, yelik, rosomaxa, qunduz, boʻri, tulki, quyon, oq tovushqon, gʻoz, oʻrdak, koʻllarda ondatra, suv kalamushi bor.

Sanoatining asosiy tarmoklari: mashinasozlik va metallni qayta ishlash (stanoksozlik – "Tyajstanokgidropress", "Stanoksib" korxonalari, "Siblitmash" zavodi; aviasozlik – aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, priborsozlik va radioelektronika sanoati – "Elektrosignal" zavodi, Komintern nomidagi zavod, aloka, shu jumladan, kosmik aloka vositalari; "Kometa", Vega", "Luch" ishlab chiqarish birlashmalari, yarimoʻtkazgich pri-borlar ishlab chiqarish, elektrovakuum, radiodetallar, kondensator zavodlari; "Vostok" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, pribor sozlash zavodi, "Sever", "Ximkonsentrat" ishlab chiqarish birlashmalari – atom energetikasi uchun apparatura va asbob-uskunalar, yoqilgʻi energetika moslamalari; energetika va elektrotexnika mashina va asbob-uskunalari ishlab chiqarish – "Elektroafegat", "Elsib" korxonalari, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi – "Sibselmash" ishlab chiqarish birlashmasi; toʻqi-machilik sanoat uchun asbob-uskunalar – "Sibtekstilmash" zavodi), kora ("Novosibprokat" korxonasi) va rangli (Novosibirsk qalayi kombinati, Novosibirsk elektrod zavodi) metallurgiya. Qu-rilish materiallari ishlab chiqarish (sement va asbotsement mahsulotlari), kimyo, oʻrmon va yogʻochsozlik, yengil (tikuvchilik, ip-gazlama – "Novosibirsk ip gazlama kombinati"; –trikotaj "Sibir" korxonasi; koʻn-poyabzal: "Kore", "Kojgalantereya" korxonalari), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Novosibirsk GES, Bara-ba GRES mavjud. Bosh sanoat shaharlari: Novosibirsk, Berdsk, Iskitim.

Novosibirsk viloyati – Sibirning muhim qishloq xoʻjaligi rayoni. Qishloq xoʻjaligi don-chorvachilik yoʻnalishiga ega. Gʻallachilik, ozuqa, texnika ekinlari, kartoshka, sabzavot ekiladi. Sut-goʻsht chor-vachiligi, parrandachilik rivojlangan. Ob daryosida kemalar katnaydi. Avtoyoʻllar zichligi 51 km/ming km² (1997). Karachi (Karachi koʻli) kurorti bor.[1]

2016-yilda u Rossiyada birinchi viloyat bunday qurilish, qishloq xo'jaligi, ta'lim, tibbiyot va professional ish o'rinlari sifatida ish o'rinlari mehnat tanlang xalqlar ko'chmanchilarni taqiqlash bo'ldi. allaqachon Novosibirsk viloyatidagi mehnat muhojirlar Qirg'iziston, Tojikiston, O'zbekiston, Ozarbayjon, Moldova Xitoy Gruziya Turkmaniston quyidagicha ban quyidagi davlatlar fuqarolari ta'sir dekabr 2016-yilda kuchga vaqti bilan keyingi uch oy keyin tark kerak[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-avgust.