Nobeliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nobeliy (Nobelium), No - Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sunʼiy kimyoviy element; aktinoidlarta kiradi. Tartib raqami 102. Barqaror izotoplari yoʻq. Massa sonlari 251—259 boʻlgan 9 ta izotopi maʼlum. Eng uzok, mavjud boʻluvchi izotopi —259No (T|/2=l soat). Oksidlanish darajei +2, +3; ion radiusi No2+ uchun 0,11 nm. Ogirlik miqdorida olinmagan, xossalari 10 ta atomidan foydalanib oʻrganilgan. Stokgolmda (Shvetsiya) xalkaro olimlar guruhi 1957-yilda Nobeliy atomi olinganligini eʼlon qildi va uni Nobeliy Nobel (qarang Nobellar) nomi bilan atashni tavsiya etdi. Nobeliyning massa soni 252— 256 boʻlgan izotoplari 1963—67 yillarda Dubna shahrida Nobeliy Nobeliy Flerov boshchiligida olimlar tomonidan olindi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]