Nazarmat Egamnazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nazarmat Egamnazarov
Tavalludi 7-noyabr 1917-yil
Vafoti 2-mart 2009-yil(2009-03-02)
(91 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov; 1917.7.11, Tojikiston, Xoʻjand, Nov qishlogʻi) — shoir, jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. „Qizil Oʻzbekiston“ (1947–1954), „Toshkent haqiqati“ gazetasi tahririyatida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1954–1985). [1] Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. „Yoshlik zavqi“ (1941), „Vatan ishqi“ (1949), „Yashil dalalar“ (1955), „Sir boʻyi — nur boʻyi“ (1959), „Togʻdagi gulxanlar“ (1962), „Nay sadosi“ (1965), „Bahor qoʻshigʻi“ (1968), „Shahrimiz bolalari“ (1970), „Mangu olov“ (1972) sheʼriy toʻplamlari muallifi. Koʻplab sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan. „Yurakdagi oʻq“ dostoni (1965) va „Sayyod jasorati“ qissasi (1973) Ikkinchi jahon urushi mavzuida. Abulqosim Firdavsiy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Nazarmatning shoir boʻlishida akasi Ashurmat Nazarovning (1913–1964) taʼsiri kuchli. Shoirning ilk toʻplami — „Yoshlik zavqi“ 1941-yilda chop etildi. Shundan beri Nazarmatning 20 ta sheʼriy, 8 ta nasriy, 10 ta tarjima asarlari toʻplamlari chop etildi. Uning „Sir boʻyi - nur boʻyi“ (1959), „She'rho“ (1977), „Gul va gulxan“ (1997), „Zamin chiroyi“ (2001) toʻplamlari ijodkorga shuhrat keltirdi. „El yurt hurmati“ ordeni, „Jasorat“ medali sohibi. Unga „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mangu olov. Sheʼr va dostonlar. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1987.
  • Gul va gulhan. Saylanma asarlar. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1997.
  • Ona koʻrsatgan yoʻl. Ocherk va xotiralari. T: Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1997.
  • Dilnoma. (Yozuvchilar Nazarmat ijodi haqida) T: Yozuvchi, 2002 yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nazarmat (1917–2009)“. 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-mart.