Murrey daryosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Murrey Marridan yoʻnaltirildi)
Murrey daryosi
Tavsif
Uzunligi 2 508 va 2 530
Suv sarfi 767 m³/s
Joylashuvi
Davlat Avstraliya
Murrey daryosi

Murrey daryosiAvstraliyadagi eng katta daryo. Uzunligi 2570 km, havzasining maydoni 1057 ming km2. Avstraliya Alp togʻlaridan boshlanib, Hind okeanining Aleksandrina qoʻltiqlagunasiga quyiladi. Koʻp qismi tekislikdan, muhim qishloq xoʻjaligi rayonidan oqib oʻtadi. Asosiy irmoqlari: Darling va Marrambidgi. Qor va yomgʻir suvidan toʻyinadi. Bahor va yozda toʻlib oqadi, qishda sayozlashib qoladi. Oʻrtacha suv sarfi 390 m3/sek., oʻrtacha yillik oqim 10,5 km3 (materikda eng sersuv daryo). Sugʻorishda foydalaniladi. Quyilish joyidan Olberi shahrigacha kema qatnaydi. Murrey va uning irmoqlarida suv omborlari, GESlar qurilgan. Baliq ovlanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil