Mujohid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mujohid (arab. — eʼtiqod uchun, muqaddas ish uchun kurashchi; aynan — jihod urushining ishtirokchisi) — din, xudo yoʻlida jang qiluvchi kishi. Ilk islomda va oʻrta asrlarda M. tu-shunchasi shu maʼnoda talqin etilgan. Yirik islom ruhoniylari yoki tashkilotlari biror urushni jihod (gʻazavot) deb fatvo bergan holdagina shu urush qatnashchilari M.lar hisoblangan. 20-asr boshlarida Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi kurash olib borganlar ham uzlarini M.lar deb nomlashgan. Hozirgi davrda musulmon mamlakatlarida demokratik harakatlarga va millim hukumatlarga qarshi kura-shayotgan turli guruhlar M. nomidan foydalanadilar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil