Muhammad bin Abdulla Said al-Hasan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad bin Abdulla Said al-Hasan (taxminan 1860—1920.21.12, Efiopiya, Imi rayoni) — Somali xalqining milliy qahramoni, Buyuk Britaniya va Italiya mustamlakachilariga qarshi ozodlik qoʻzgʻoloni rahbari (1899— 1920). Somali yarim orol ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olinib, taqsimlangandan keyin boshlangan qoʻzgʻolon milliy ozodlik tusini olgan. Qoʻzgʻolon "Muqaddas urush" (jihod), "dinsizlar"ga qarshi koʻrinish shaklini olib, Somali xalqining keng ommasini qamrab olgan. Natijada ingliz mustamlakachilari ichki rayonlardan qoʻshinlarini olib chiqishga majbur boʻlishgan. Ozod qilingan hududlarda markazlashgan davlat tuzish harakati boshlangan. 1920-yil dagina ingliz mustamlakachilari aviatsiya yordamida Muhammad bin abdulla Said alhasanA. ning qoʻshinini magʻlubiyatga uchratishgan. Muhammad bin abdulla Said alhasanA. uyushqoqlik bilan qoʻshinini Efiopiyaga oʻtkazishga erishgan, lekin koʻpgina qoʻzgʻolonchilar va uning oʻzi kasallikdan vafot etishgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil