Mount Wilson astronomik rasadxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mount Wilson (Maunt-Vilson) astronomik rasadxonasi - Vashington Karnegi institutining (AQSH) i.t. muassasasi, Kaliforniya shtatida joylashgan. 1904 yilda tashkil etilgan. Koʻzgusining di-ametri 1,5 va 2,5 m boʻlgan teleskoplar 1917—18 yillardayoq oʻrnatilgan. Rasadxonada bajarilgan tadqiqotlar Quyosh, yulduzlar, Galaktika, tumanliklar va Galaktikamizdan tashqaridagi obʼyektlar va boshqa yulduz sistemalarini oʻrganishda muxim rol oʻynadi. Rasadxona Quyoshni oʻrganishga qaratilgan tadqiqotlar uchun ilk bor minorali teleskop, spektrogelioskop, spektrogeliograf va magnitograf kabi asboblar yaratildi. 1949-yilda rasadxona Maunt-Palomar astronomik rasadxonasi bilan birlashtirildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil