Monterrey (Meksika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Monterrey — Meksikaning shim.-sharqiy qismidagi shahar, Santakatarina daryosi vodiysida. Nuevo-Leon shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,1 mln. kishi (2000). Aeroporta xalqaro axdmiyatga ega. Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi (Mexikodan keyin 2-oʻrinda). Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik, mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi), kimyo, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Reynos shahridan quvurlar orqali gaz, Tampiko shahridan neft mahsulotlari keltiriladi. Un-tlar bor. Shaharga 16-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 17—18-asrlarda qurilgan binolar saqlangan. M. yaqinidan polimetall rudalar olinadi, shahar yonida yirik GES qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil