Mekong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mekong
Tavsif
Uzunligi 4 350
Suv sarfi 15 000 m³/s
Joylashuvi
Davlat Xitoy, Myanma, Tailand, Laos, Kambodja va Vyetnam
Mekong

Mekong (yuqori oqimida Dza-Chu, oʻrta oqimida Lansanszyan deb ataladi) — Hindixitoy ya. o.dagi eng katta dare, Xitoy, Laos, Kambodja, Vyetnam hududlaridan oqadi, qisman Laos bilan Myanma va Tailand oʻrtasidagi chegara vazifasini ham bajaradi. Uzunligi 4500 km, havzasining maydoni 810 ming km². Tibet togʻligidagi Tangla tizmasidan boshlanib, Sino-Tibet togʻlarining chuqur daralari orqali va Kambodja tekisligidan oqadi. Oʻzani ser-ostona. Kambodja tekisligiga chiqishda katta sharshara (balandligi 21 m) hosil qilgan. Janubiy Xitoy dengiziga botqoqlashgan delta (maydoni 70 ming km²) qosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — Mun, Tonlesap; chapdan — U, Txan, San. Pnompen shahri yaqinida oʻrtacha suv sarfi 13,2 ming m³/sek. Dare, asosan, mavsumiy yomgʻirlardan, yuqori qismida qor va muzning erishidan suv oladi, bu vaqgda suv sat-hi 10-15 m ga koʻtariladi, suv sarfi esa 30 ming m³/sek. ga yetadi. Tez-tez suv toshklnlari boʻladi. Tonlesap kuli dare oqimini tartibga solib turadi. Dare quyilishidan 700 km, toʻlinsuv paytida 1600 km masofada (Vyentyan shahrigacha) kema qatnaydi. Pnompen shahrigacha (130 km) dengiz kemalari kira oladi. Baliqqa boy, suv parrandasi kup, timsoxlar uchraydi. M. sohillarida Luang-prabang, Vyentyan (Laos), Pnompen (Kambodja) shaharlari joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil