Maʼmun Abdulqayyum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maʻmun Abdulqayumdan yoʻnaltirildi)
Maʼmun Abdulqayyum
Tavalludi 29-dekabr 1937
Fuqaroligi Maldivalar

Maʼmun Abdulqayyum (1937, Maldiv Respublikasi, Male sh.) — Maldiv davlat arbobi. Qohiradagi Al-Azhar universiteti va Amerika universitetini tugatgan. 1967-yildan Qohiradagi Amerika universitetida, 1969-yildan Nigeriyadagi Ahmad Bello universitetida lektor, 1971-yildan Maldiv Respublikasida maktab oʻqituvchisi, 1972-yildan Maldiv hukumatida boshqarma boshligʻi, 1974-yildan telekommunikatsiya boʻlimi kotibi, soʻng direktori, 1975-yildan Maldiv Respublikasi Bosh vaziri idorasida vazirning maxsus oʻrinbo-sari, Maldiv Respublikasining Shri Lankadagi Favqulodda va Mux-tor elchisi, BMTdagi doimiy vaki-li, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, 1977-yildan Maldiv transport vaziri, 1978-yil noyabrdan 2008-yilgacha Maldiv Respublikasi prezidenti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]