Mavritsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mavritsiya Respublikasi
Repiblik Moris
République de Maurice
ShiorStella clavisque Maris Indici
(Lotincha: Star and key of the Indian Ocean)
Madhiya: "Motherland"
Location of Mavritsiya
Poytaxt Port Lui
Rasmiy til(lar) Mavritsiya Kreole tili
Fransuzcha
Inglizcha
Bhojpuricha
Hukumat Parlamentlik Respublika
• Prezident
Ser Anerud Jugnauth
Navin Ramgoolam
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
12 mart 1968
Maydon
• Butun
2,040 km2 (179-oʻrin)
• Suv (%)
0.07
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
1,230,602 (153-oʻrin)
• Zichlik 603/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$16,280 mil. (122-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$13,229
Pul birligi MauritiAQSh Rupee (MUR)
Vaqt mintaqasi UTC+4
• Yoz (DST)
UTC+4
Qisqartma MP
Telefon prefiksi 230
Internet domeni .mu

Mavrikiy (Mauritius), Mavrikiy Respublikasi (Republic of Mauritius) — Hind okeanining gʻarbiy qismida, Madagaskar o.dan sharqda joylashgan davlat. Mavrikiy o., Rodriges o., Kargadoskaraxos va Agalega o.lari, Chagos arxipelagini oʻz ichiga oladi (1982 yilda Mavritsiya parlamenti Chagos arxipelagini mamlakat hududining ajralmas qismi deb eʼlon qilgan. Buyuk Britaniya esa bu arxipelagni tortib olib, uning tarkibidagi Diyego-Garsiya orolini AQShga 50 yilga ijaraga topshirgan). Maydoni 2045 km². Aholisi 1,8 mln. kishi (2001). Poytaxti — Port-Lui shahri Maʼmuriy jihatdan 5 shahar va 9 okrug (district)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavritsiya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. Amaldagi konstitutsiyasi 1968 yilda qabul qilingan va keyinchalik qoʻshimchalar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1992 yildan Kassem Utim). U parlament deputatlarining odsiy koʻpchilik ovozi bilan 5 yil muddatga sailanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — Milliy assambleya (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazir va vazirlarni prezident tayinlaydi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orollar vulkanlar otilishidan paydo boʻlgan, bazalt, dolomit va tuflardan tuzilgan. Yer yuzasi, ayniqsa, Mavrikiy o.ning janubi-gʻarbi qirlardan iborat (eng baland joyi 826 m), orolning oʻrta qismi — 600 m gacha balandlikdagi plato, shimoliy va sharqida sohili kambar tekislik. Rodriges o.ning balandligi 396 m gacha. Qirgʻoqlar orolga oʻtishni qiyinlashtiruvchi marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi — tropik dengiz iqlimi. Oʻrtacha temperatura eng issiq oy — fevralda 26°, eng salqin oy — avgustda 16°, sohilda 18,5° gacha. Yillik yogʻin 1500–5000 mm gacha, yozi seryogʻin. Daryolari kamsuv, qurgʻoqchil davrda quriydi, eng yirigi — Grandrivyer. Qalin tropik oʻrmonlar togʻlarda saqlangan. Mavrikiy o.ning 1/4 qismi oʻrmon.

Aholisi

Aholisi, asosan, hind-mavrikiylar (69%), kreollar (27%) va h. k. Rasmiy til — ingliz tili; fransuz va kreol tili ham keng tarqalgan. Aholining 50% ga yaqini hindu, 33% xristian, 16% islom diniga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 41%. Yirik shaharlari — Port-Lui, BoBassen-Roz-Xill, Vakoa-Feniks.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavrikiy o. arab sayyohlarining esdaliklarida Dina Arobi (Kumush o.) nomi bilan tilga olinadi (10-asr). Orolda odam yashamagan. 16-asr boshlarida dastlab portugallar kelib oʻrnashdi. 1958 yil orolni gollandlar egalladi va shahzoda Morits (Oranlik) sharafiga Mavrikiy deb atadi. Gollandiya hukmronligi davrida orolga Sharqiy Afrikadan qullar keltirildi. 1715 yildan orol Fransiya, 1810 yildan Angliya hukmronligida boʻldi. 1814 yildan esa rasman Angliya mustamlakasiga aylandi. Mavritsiya aholisi koʻp yillar davomida mustamlaka tuzumiga qarshi tinmay kurash olib bordi. 1935 yil Mavritsiyada kasaba uyushmalari yuzaga keldi, 1936 yil dastlabki siyosiy partiya — oʻrta va mayda burjuaziyaga tayanuvchi Leyboristlar partiyasi tashkil topdi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan soʻng mustamlakachilikka qarshi kurash yanada kuchaydi. Natijada Buyuk Britaniya maʼmuriyati bir oz yon berishga majbur boʻldi. Qonun chiqaruvchi kengashning huquqi kengaytirildi, umumiy saylov huquqi joriy etildi. 1968 yil 12 martda Hamdoʻstlik doirasidagi mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Ammo hali Oliy hokimiyatni Buyuk Britaniya qirolichasi tayinlaydigan general-gubernator idora qilar edi. Nihoyat, 1992 yil 12 martda mamlakat respublika deb eʼlon etilib, Mavritsiya Respublikasi nomini oldi. Mavritsiya — 1968 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 mart — Mustaqillik kuni (1968) va Respublika kuni (1992).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavritsiya leyboristlar partiyasi, 1936 yilda tuzilgan; Mavritsiya sotsialdemokratik partiyasi, 1955 yilda asos solingan; Jangovar sotsialistik harakat, 1983 yil tuzilgan; Mavritsiya jangovar harakati, 1969 yilda tuzilgan; Rodriges xalq, tashkiloti, 1982 yilda asos solingan. Ishchilar umumiy Federatsiyam, 53 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi, 1971 yil tashkil etilgan; Mavritsiya mehnat kongressi, 1963 yilda tuzilgan.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavritsiya — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hamda baliqchilikning ulushi 10,4%, sanoat, asosan, qayta ishlash tarmoqlarining ulushi 23%. Hududining 56% ekinzor va bogʻlardan iborat. Asosiy qishloq xoʻjaligi oʻsimligi shakarqamish boʻlib, u ekinzorlarning 94%ni egallaydi. Choy, tamaki, banan, aloe, sholi, makkajoʻxori, kartoshka, sabzavot, hoʻl meva ham yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol va echki boqiladi. Parrandachilik mavjud. Baliq ovlanadi. Sanoatida shakarqamishni qayta ishlaydigan korxonalar ustun. Shveysariya soat zavodlari uchun sunʼiy yoqut ishlash, tranzistorlar uchun detallar, koʻzoynak gardishlari ishlab chiqarish, zargarlik toshlariga sayqal berish yoʻlga qoʻyilgan. Choy va tamaki bargini, sabzavot va hoʻl meva, agavani, mol terisini kayta ishlaydigan f-kalar, kemasozlik, yengil sanoat tarmoqlari, maʼdanli oʻgʻit va neft mahsulotlari korxonalari mavjud. Yiliga 390 mln. kVt/soat ga yaqin elektr energiya hosil qilinadi. Sayyohlik rivojlangan. Mavritsiyada avtomobil yoʻllari uzunligi —2 ming km. Yirik dengiz porti — Port-Lui. Plezans shahrida xalqaro aeroport bor. Mavritsiya chetga qand-shakar, choy, teri mahsulotlari va poyabzal, toʻqimachilik yarim mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, sanoat mollari keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH, JAR, Germaniya, Yaponiya, Xitoy. Pul birligi — Mavrikiy rupiyasi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavritsiyadagi boshlangʻich va oʻrta maktablarda oʻqish bepul va majburiy. Davlat va xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Maorifi ingliz tizimi taʼsirida tarkib topgan: boshlangʻich maktab 6 yil, oʻrta maktab 7 yil Kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 1 yildan 3 yilgacha davom etadi. 5 yillik toʻliqsiz maktab negizida texnika kolleji ishlaydi. Port-Lui shahrida Mavritsiya universiteti (1965), Moko shahrida Mavritsiya Gandi nomidagi institut, qand-shakar sanoati uchun mutaxassislar tayyorlovchi regional markaz mavjud. Port-Lui shahrida institut (1980), Redyui shahrida Qand-shakar sanoati tadqiqot instituti ishlaydi. Mavritsiyada unt, shahar kutubxonasi, Mavritsiya instituti, Britaniya kengashi, Qand-shakar sanoati tadqiqot instituti kutubxonalari bor. Port-Lui shahrida muzey (1885), Mavritsiya gerbariysi (1960), Maebur shahrida Tarix muzeyi mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavritsiyada nashr etiladigan asosiy gazetalar: "Soushelist" ("Sotsialist", kundalik gazeta, 1983 yildan), "Chayna Tayms" ("Xitoy vaqti", xitoy tilidagi kundalik gazeta, 1959 yildan), "Ekspress" (ingliz va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gazeta, 1963 yildan), "Uikend" ("Hafta oxiri", fransuz va ingliz tillarida chiqadigan haftalik gazeta, 1966 yildan), "Nuvo militan" ("Yangi jangchi", ingliz va fransuz tillarida chiqadigan haftalik gazeta, 1979 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", xitoy, ingliz va fransuz tillarida chiqadigan yakshanbalik gazeta). Mavritsiya radioeshittirish korporatsiyasi 1964 yilda tuzilgan. Televideniye xizmatiga 1965 yilda asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil