Maqol va idiomalar tarjimasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maqol va idiomalar tarjimasi: Rus tilidan oʻzbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir
Muallif(lar) Gʻaybulla Salomov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i tilshunoslik
Nashriyot Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1961
Sahifalar soni 162

„Maqol va idiomalar tarjimasi“, toʻliq nomi „Maqol va idiomalar tarjimasi: Rus tilidan oʻzbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir“oʻzbek tilshunosi Gʻaybulla Salomov qalamiga mansub tarjimashunoslik boʻyicha kitob. 1961-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasida chop etilgan. Asar rus tilidan oʻzbek tiliga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga bagʻishlangan. Unda ayrim frazeologik iboralar ularning ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa tillarga qilingan tarjimalari bilan solishtirilgan hamda bunday koʻchma maʼnoli birikmalarning shu tillardagi muqobillari qiyos qilingan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Rustam Abdurahmonov – masʼul muharrir, M. Qosimov – muharrir, V. Tiy – rassom, Z. Gorkovaya – texnik muharrir, H. Saʼdullayeva – musahhih. Kitob adadi – 5 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]