Manzilgoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manzilgoh — 1) ibtidoiy jami-yatda urugʻ jamoalarining vaqtincha turar joyi, maskani; 2) serqatnov va katta yul ustida qurilgan, toʻxtab oʻtishga moʻljallangan joy, manzil. M.larda yoʻlovchilar ichimlik, oziq-ovqat bilan taʼminlangan, hordiq chiqarish uchun maxsus xonalarga joylashtirilgan. Baʼzi M.larda karvonsaroylar, maʼlum darajada mustahkamlangan rabotlar bunyod etilgan. Masalan, Toshkent va Samarqand oraligʻidagi yoʻl ustida bir qancha M.lar (Zangiota, Qovunchi va hokazo) mavjud boʻlgan. Vaqt oʻtishi natijasida keyinchalik ayrim M.lar oʻrnida shaharlar tarkib topdi. M.lar koʻchmanchi hamda oʻtroq xalqdar uchrashadigan, ular oʻrtasidagi iqtisodiy, madaniy aloqalar oʻrnatiladigan joy sifatida ham muhim ahamiyat kasb etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil