Mamnun Husayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamnun Husayn
inglizcha: Mamnoon Hussain
urdu: ممنون حسین
 12-Pokiston Prezidenti
 
Mansab davri
2013-yil 9-sentyabrdan – 2018-yil 9-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Asif Ali Zardoriy
Vorisi Orif Alviy
 Sind viloyati gubernatori
Mansab davri
1999-yil 19-iyundan – 1999-yil 12-oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi Muinuddin Haydar
Vorisi Azim Dadupota
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 23-dekabr 1940-yil
Agra
Vafoti 14-iyul 2021-yil(2021-07-14)
(80 yoshda)
Karachi
Dini Islom

Mamnun Husayn (urdu: ممنون حسین, inglizcha: Mamnoon Hussain; 23-dekabr 1940, Agra) – Pokiston davlat va siyosat arbobi, mamlakatning 12-Prezidenti.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1940-yil 23-dekabrda Hindistonning Agra shahrida urdu tilida soʻzlashuvchi sanoatchi oilasida tugʻilgan. Britaniya Hindistoni boʻlinganidan keyin, 1947-yilda uning ota-onasi Karachiga kelishdi. Mamnunning otasi toʻqimachilik fabrikasiga asos solgan[1][2][3][4].

Mamnun 1960-yilda Karachidagi mahalliy oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, biznes boshqaruvi institutiga oʻqishga kirdi[5][6]. 1999-yilda Sind gubernatori lavozimida ishlagan, ammo general Musharraf boshchiligidagi harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatdan chetlashtirilgan[7]. 2013-yil 30-iyulda Mamnun Pokistonning 12-prezidenti etib saylandi[8][9]. 2013-yil 9-sentyabrda uning prezidentlik muddati boshlandi. 2018-yil 4-sentyabrda Orif Alviy yangi prezident etib saylanganida Mamnun Husayn isteʼfoga chiqdi[10][11].

2021-yil 14-iyulda Karachida 80 yoshida vafot etdi[12][13]. 2020-yil fevral oyida unga saraton tashxisi qoʻyilgandi[12][14][15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mamnoon Hussain most likely to replace Zardari“. The News (21-iyul 2013-yil). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyul 2013-yil.
  2. Mamnoon strongest PML-N candidate
  3. Official Website - Sindh Governor House Pakistan, 2016-07-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-03-05
  4. Profile of presidential candidate Mamnoon Hussain
  5. „Mamnoon Hussain most likely to replace Zardari“. The News (2013-yil 21-iyul). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-iyul.
  6. „Mamnoon strongest PML-N candidate“. 2013-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  7. „Official Website — Sindh Governor House Pakistan“. 2016-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  8. Profile of presidential candidate Mamnoon Hussain
  9. „Presidential elections: PML-N picks Mamnoon Hussain for top job“. 2021-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  10. „Архивированная копия“. 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar. „arxiv nusxasi“. 2014-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
  11. „Ариф Алви стал новым президентом Пакистана“. РИА Новости (2018-yil 4-sentyabr). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 6-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 „Умер бывший президент Пакистана Мамнун Хусейн“ (ru). РИА Новости (2021-yil 14-iyul). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  13. „Former president Mamnoon Hussain passes away in Karachi at 80“. Dawn (2021-yil 14-iyul). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
  14. „Former Pakistan president Mamnoon Hussain passes away“ (en). The Hindu (2021-yil 15-iyul). 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyul.
  15. Presidential elections: PML-N picks Mamnoon Hussain for top job