Magdalena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Magdalena
Tavsif
Uzunligi 1 528
Suv sarfi 7 200 m³/s
Joylashuvi
Davlat Kolumbiya
Magdalena

MagdalenaKolumbiyadagi daryo. Uzunligi 1540 km, havzasining maydoni 260 ming km². Markaziy Kordilyera togʻlaridan boshlanib, quyi qismida Karib boʻyi pasttekisligidan oqadi va Barrankilya shahri yaqinida Karib dengiziga quyiladi. Oʻrta oqimida serostona. Asosiy irmoqlari: Kauka va San-Xorxe (chapdan). Yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi 8—10 ming m³/sek. Barrankilya shahridan La-Dorada shahrigacha (800) muntazam kema qatnashsh. M.ning quyi qismidan Kartaxena portigacha kanal qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil