Loziqiya
Loziqiya | |
---|---|
35°31′25″N 35°47′30″E / 35.52361°N 35.79167°E G OKoordinatalari: 35°31′25″N 35°47′30″E / 35.52361°N 35.79167°E G O | |
|
Loziqiya (arabcha: اللاذقية) — Suriyaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Loziqiya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar urtalari). Oʻrta dengiz sohilidagi port. L. — Halab — Qamishli temir yoʻlning boshlan-gich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari zavodi, universitet bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. L. yaqinidan bitum olinadi. L. qad. shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-asrda L.ni arablar bosib olgan. 1516— 1918-yillarda Usmonli turklar, 1918— 43 yillarda fransuzlar qoʻl ostida bulgan. 1943-yildan Suriya tarkibida.[1]
Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Suriya shaharlari | ||
---|---|---|
Poytaxti | Damashq | |
Shaharlari | Damashq | Dayr uz-Zavr | Darʼo | Idlib | Qunaytira | Loziqiya | Tartus | Halab | Hamo | Hims | Hasaka | Raqqa | Suvaydo |