Kxmer tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kxmer tili
Milliy nomi ភាសាខ្មែរ va ខ្មែរ‎
Rasmiylik holati Kambodja
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 16 600 000
Alifbosi Khmer
Til kodlari
ISO 639-1 km[1]
ISO 639-2 khm[1]
ISO 639-3 khm[1]

Kxmer tilimon-kxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vyetnam va Tailandsa ham tarqalgan. Kxmer tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8 mln. kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yoʻq. Ikkita lahja: shim.-gʻarbiy va jan.-sharqiy lahjalar oʻzaro farqlanadi. Hozirgi kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos boʻlgan. Kxmer tilining shim.-gʻarbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, jan.-sharqiy va Vyetnamdagi lahjalarida vyetnam tilining taʼsiri kuchli. Kxmer tili jan. hind alifbolaridan biriga asoslangan boʻgʻin-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qoʻshimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud.[2]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gorgoniyev Yu. A., Grammatika kxmerskogo yazika, M., 1966.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. "Kxmer tili" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil