Kvetta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kvetta — Pokistondagi shahar. Balujiston viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 560,3 ming kishi (1998). Bolan togʻ yoʻlagi yaqinida joylashgan. Qadimdan Eron va Afgʻonistondan Hind vodiysiga boriladigan muhim transport yoʻllari tuguni. Bogʻdorchilik rayonining savdo markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, sement, yogʻochsozlik, jun gazlama, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari, taʼmirlash ustaxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Hunarmandchilik (qoʻlda gilam toʻqish, yogʻochga oʻyib ishlov berish va b.) rivojlangan. K. atrofidan koʻmir qazib chiqariladi. Yozgi kurort. Geologiya ilmiy tadqiqot instituti, geol. muzeyi, harbiy akademiya, aeroport bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Miri qad. qalʼasi, jome masjidi (18-asr) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil