Kora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kora (yun. kore — qiz) — uzun libosli tik turgan qiz haykali. K. qad. yunon sanʼatiga xos boʻlib, ilk bor ioniya haykaltaroshligida miloddan avvalgi 6-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. K. qiyofasida muhrlangan lahza va umumlashma shakl bilan nafis ishlov berilgan marmar sirti (soch turmagi, libosdagi burmalar) uygunlashgan. K.ning ayrim boʻlaklari (koʻz, kiyim) koʻpincha boʻyalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil