Konklav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konklav (lotincha: conclave — berk xona) — Rim papasini saylash maqsadida chaqiriladigan kardinayalar yigʻini (1274-yildan), shuningdek, yigʻin oʻtkaziladigan bino. Yigʻin tashqi dunyodan butkul ajratib qoʻyilgan binoda oʻtadi. Konklav oʻtkazish tartibi XIII-asrda papa Grigoriy X tomonidan belgilangan. Keyingi papalar bu tartibga juzʼiy aniqlik va tuzatishlar kiritgan. Papa saylash uchun qatnashchilarning 3 dan 2 qismi ovoz berishi va yana qoʻshimcha bir ovoz berilishi talab qilinadi. Konklav qatnashchilarining soni 120 dan oshmasligi kerak.[1]

Yana qarang.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil