Klaus Roth

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Klaus Roth
Tavalludi 29-oktyabr 1925-yil
Breslau, Veymar Respublikasi
Vafoti 10-noyabr 2015-yil(2015-11-10)
(90 yoshda)
Inverness, Shotlandiya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Sohasi Matematika
Ish joylari
Akademik rahbarlari
Mashhur ishlari
Mukofotlari

Klaus Friedrich Roth (talaffuzi: Klaus Fridrix Rot) (29-oktyabr 1925-yil – 10-noyabr 2015-yil) – Germaniyada tugʻilgan ingliz matematigi. Sonlar nazariyasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. Xususan, Algebraik sonlarning Diophantus yaqinlashishi boʻyicha Roth teoremasini isbotlagani uchun Fields medali bilan taqdirlangan.

Roth 1933-yildan fashistlardan qochib Angliyaga koʻchib borgan. U yerda Cambridge universitetida hamda London universitet kollejida tahsil olgan. 1950-yil doktoranturani tamomlagan. Roth 1966-yilgacha London universitet kollejida, 1988-yilgacha London imperial kollejida tahsil bergan.

Diophantus yaqinlashishi boʻyicha ishlaridan tashqari, Roth arifmetik kombinatorikada Salem–Spencer toʻplamlari hamda nomuvofiqlik teoriyasiga ham salmoqli hissa qoʻshgan. Roth, shuningdek, darajalar yigʻindilari, katta elak, Heilbronn uchburchagi masalasi hamda kvadrat ichida kvadrat joylashtirish boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Roth Heini Halberstam bilan hamkorlikda butun sonlar ketma-ketligi boʻyicha kitob yozgan.

Roth Fields medalidan tashqari De Morgan va Sylvester medallari bilan taqdirlangan, London qirollik jamiyati aʼzosi boʻlgan.