Kishmish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kishmish — gʻujumi urugʻsiz uzum navlari guruhi. Bu guruhga Bedona, Oq kishmish, Qora kishmish, Pushti kishmish, VIR kishmishi va Hishrov kishmishi, Zarafshon kishmishi, Turkmaniston qizil kishmishi, Marmar kishmish, Soʻgʻdiyona kishmishi, Vatkani kishmishi, Tagʻob kishmishi, Astraxon kishmishi (dumaloq kishmish), Qora Korinka va boshqa kiradi. Ekologik-geografik jiqatdan sharqiy guruh navlariga mansub. K. koʻproq Oʻrta Osiyo, AQSH, Fransiya, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiyaning jan. mintaqalarida oʻstiriladi. K.dan 24—30% mayiz toʻshadi, markali vinolar tayyorlanadi. Shu uzumlar mayizi ham baʼzan K. deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil