Kimyoviy birikma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suv molekulasi ikki qism vodorod va bir qism kisloroddan tashkil topib, kimyoviy birikmaga misoldir.

Kimyoviy birikma kimyoviy reaksiya orqali soddaroq moddalarga ajraluvchi ikki yoki undan ortiq kimyoviy unsurdan iborat sof kimyoviy moddadir[1][2]. Kimyoviy birikmalar kimyoviy bogʻlar orqali fazoda ushlab turiladigan oʻzgarmas nisbatdagi atomlardan iborat boʻladi. Kimyoviy birikmalar molekular (kovalent bogʻli), tuz (ion bogʻli), intermetallid (metall bogʻli) yoki kompleks birikmalar (donor-akseptor bogʻli) boʻlishi mumkin. Sof kimyoviy unsurlar birikma hisoblanmaydi, agar ular bir unsurning koʻp atomlaridan iborat boʻlsa (masalan H2, S8 va hk.), bunday moddalar poliatomik molekulalardan iborat deyiladi.

Kimyoviy birikma - bir yoki bir necha turli element atomlarining biron xil kimyoviy bogʻ yordamida birlashuvidan hosil boʻlgan kimyoviy modda. Bir xil kimyoviy elementdan tuzilgan oddiy moddalar (masalan, vodorod N2, kislorod O2, azot N2), turli xil kimyoviy elementlardan tuzilgan murakkab moddalar (masalan, suv N2O, ammiak NH3, sulfat kislota H2SO4, novshadil spirt NH4OH) лimyoviy birikmadir. Kimyoviy birikmaning muhim belgisi uning bir jinsliligidir. U ana shu belgisi bilan mexaniq aralashmalardan farq qiladi. Kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tekshirish kimyo fanining eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]