Kelishik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kelishik — ot yoki otlashgan soʻzning boshqa soʻzlar bilan aloqasini koʻrsatuvchi grammatik shakl. U ot shakli ekanligi holda, birikma yoki gap tarkibida uning boshqa soʻzga tobe’lanishini koʻrsatadi. Bu sintaktik munosabat kelishik qoʻshimchasining oʻzi bilan, koʻmakchi yoki koʻmakchi vazifasidagi soʻz bilan birga ifoda topishi ham mumkin.

Kelishiklar soni turli tillarda har xildir. Oʻzbek tilida 6 ta kelishik boʻlib, ular bosh (qoʻshimchasiz), qaratqich (qoʻshimchasi: ning), tushum (qoʻshimchasi: -ni), joʻnalish (qoʻshimchasi: -ga, -ka, -qa), oʻrin (qoʻshimchasi: -da), chiqish (qoʻshimchasi: -dan) kelishiklaridan iborat. Shulardan qaratqich kelishigi ot tomonidan boshqarilib, hokim soʻz egalik qoʻshimchasini olib keladi: kitobning varagʻi. Qolgan tushum, joʻnalish, oʻrin, chiqish kelishikli otlar feʼl yoki sifat tomonidan boshqariladi: kitobni varaqladi, kitobga qaradi, kitobda yozilgan, kitobdan olindi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil