Katta Yugan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Katta Yugan
Tavsif
Uzunligi 1 063
Maydoni 34 700 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Katta Yugan

Katta YuganRossiya Federatsiyasining Tyumen viloyatidagi daryo. Ob daryosining chap irmogʻi, Yugan daryo tarmogʻiga quyiladi. Uzunligi 1063 km, havzasining mayd. 34700 km2. Vasyuganya botqoqliklaridan boshlanadi; Gʻarbiy Sibir tekisligidan oqib oʻtadi. Eng katta irmogʻi Kichik Yugan (oʻngda). Havzasida, umumiy mayd. 545 km2 boʻlgan 8000 ga yaqin koʻl bor. Asosan, erigan qor suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr-noyabrda muzlaydi, aprel oxiri-may oyi boshlarida muzdan boʻshaydi. Yogʻoch okizishga kulay. Kuplan-deyevi pristanidan boshlab kema qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil