Karromiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karromiylarilohiyot oqimi. 913-asrlarda Bagʻdod xalifaligining markaziy va sharqiy viloyatlarida tarqalgan. Asoschisi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Karrom (806—869). Seyistonda tugʻilgan, Nishopur, Balx, Marv, Hirot kabi shaharlarda taʼlim olgan. 5 y. Makkada istiqomat qilgan. Ibn Karrom oʻz yurtiga qaytayotib, Quddusda xonaqoh barpo qilgan. Seyiston va Xurosonda oʻz taʼlimotini targʻib qilgani uchun zindonga tashlanadi. Quddusda vafot etadi.

K. fikricha, xudo — butun borliqning birlamchi asosi, u muayyan jismga ega. Xudo — barcha narsalarning yaratuvchisi, ammo inson oʻz faoliyatining natijalariga taʼsir koʻrsata oladi. Moʻʼtaziliylar kabi K. ham inson onggi mustaqil ravishda, yaʼni vahiy yordamisiz yaxshilik va yomonlikni farq qilishga qodir, deb uqtirdi. Shuningdek, murjiʼiylar singari K. biror insonni musulmon deb tan olish uchun u Allohni til bilan eʼtirof etsa kifoya, amal bilan tasdiqlashi shart emas, deb hisoblaydi. Yaʼni "la iloha illallohu Muhammadu rasululloh" kalimasini aytgan har bir inson — musulmondir. Ibn Karromning "Kitob assirr" va "Azob al-qabr" nomli (bizgacha yetib kelmagan) asarlari va "xudo jismga ega" degan tushunchasi islom ulamolarining keskin tanqidi va taʼqibiga uchradi. Moʻgʻullar istilosidan soʻng K. barham topdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil