Jöns Jacob Berzelius

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yene Yakob Berselius (Jöns Jacob Berzelius) (1779.20.8 Veversunda — 1848.7.8, Stokgolm) — shved kimyogari va mineralogi. Upsal universiteti meditsina doktori (1802). Stokgolm universiteti professor (1807), Stokgolm Fanlar akademiyasi aʼzosi (1808), prezidenti (1810) va doimiy kotibi (1818-yildan). Atomizm nazariyasini tajribada asoslash, uni rivojlantirish va kimyoga tatbiq etishda B.ning xizmati katta boʻldi. Oksidlarni analiz qilib, karrali nisbatlar qonuninn boyitdi. 1818-yil 46 element atom massasi kirgan jadvalini eʼlon qildi. Berzelius nazariy qarashlarining asosi kimyoviy yaqinlikning elektr tabiati haqidagi taʼlimotdir. B. Gizinger bilan birgalikda barcha tuzlar kislota va asoslardan iborat degan xulosaga keladi. Ikkala olim turli minerallarni tekshirib, 1803 i. seriyni, 1817-yil selenii, 1828-yil toriyni ochishadi. B. 1824—25 yillarda erkin holdagi kremniy, titan, tantal va sirkoniylarni birinchi boʻlib oldi. 1815-yil baʼzi bir organik kislotalarning formulalarini koʻrsatib berdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil