Joseph-Louis Lagrange

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LAGRANJ (Lagrange) Jozef Lui (1736.25.1, Turin - 1813.10.4, Parij) — fransuz matematigi va mexanigi, Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1759) va prezidenta (1766—87), Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1772). Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy aʼzosi (1776). Mat.ni mustaqil oʻrgangan. Turin artilleriya maktabini tugatgan va 19 yoshida shu maktabda professor boʻlgan. 1787-yildan Parijda yashagan. Parij oliy oʻquv yurtlarida professor (1795). L. Eylernshlari asosida L. variatsion hisobning asosiy tushunchalarini ishlab chikdi va variatsiyalar usulini yaratdi. Uning "Analitik mexanika" asari (1788) analitik va nazariy mexanika taraqqiyotida muhim oʻrin tutdi. Bunda mumkin boʻlgan siljish prinsipining analitik ifodasini berdi va shunga asosan statikaning asosiy masalalarini yechdi. Dinamikada oʻzining asosiy prinsiplari (qarang D’Alamber Lagranj prinsipi)dan foydalanib. istagan sistemaning harakat tenglamasini yechdi; umumlashgan koordinatalirni kiritdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil