Jild

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jild (arab.) — 1) biror narsa ustidan kiydirib, qoplab qoʻyiladigan buyum, gʻilof. Masalan, yostiq J., koʻrpa J.; 2) kitobni yaxshi saqlash uchun uning muqovasiga oʻlchab tikilgan, odatda, teri-charmdan yasalgan qin; 3) ilgari oʻquvchilar oʻquv ashyolari solib yurishi uchun portfel oʻrnida ishlatgan xalta. J. biror matodan konvert taxlitida tikilib, ikki yonidan latta tasmaga biriktirilgan va yelkaga oʻtkazib boʻyinga osib yurilgan; 4) biror katta asarning alohida kitob holidagi qismi, shuningdek, bir necha kitobdan iborat asarning har biri, tom. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining 10j. i.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil