Jamshidpur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jamshidpur, Tatanagar — Hindistonning shim.-sharqidagi shahar, Bihar shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. Temir yoʻl tuguni. J. 20-asr boshida Gxota-Nagpur yassitogʻligidagi changalzor oʻrnida yirik hind monopolistik birlashmasi — "Tata" tomonidan ishchilar shaharchasi sifatida qurilgan. Qora metallurgiyaning markazi. Shahar atrofidan yuqori sifatli temir rudasi, kokslanadigan kumir, flyuslar, oʻtga chidamli materiallar qazib chiqariladi. "Tata" kompaniyasiga qarashli yirik zavodlar bor. Ogʻir mashinasozlik (quvur, qishloq xoʻjaligi inventarlari va b.) va kimyo sanoatlari rivojlangan. Yirik elektr stansiya bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil