James Tobin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Tobin (1962)

James Tobin (5-mart 1918-yil Shempeyn shahri AQSH — 11-mart 2000-yill) — amerikalik iqtisodchi. Garvard universitetini tugatgan (1940). 1946-yildan Garvard universitetida oʻqituvchi, 1950-yildan Yale universiteti professor T. tadqiqotlari J.M.Keyns nazariyasini yanada takomillashtirish, makroiqtisodiy va pul nazariyalarini mukammalroq ishlab chiqishga bagʻishlangan. Moliya bozorlari nazariyasi va ularning isteʼmol, investitsiya qarorlari, ishlab chiqarish., bandlik va narxlarga taʼsiri muammolariga bagʻishlangan asarlari muhim ahamiyatga ega. R.Solou, A.Oyken, K.Errou kabi taniqli iqtisodchilar bilan birga AQSH prezidenta J.Kennedining iqtisodiy maslahatchilar qoʻmitasi aʼzosi ham boʻlgan (1961 —1962); monetarizm va reygonomika tanqidiga bagʻishlangan maqolalari bilan ham mashhur. Nobel mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]