Izzatullo Hayoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Izzatullo Hayoyev
tojikcha: Иззатулло Ҳаёев
 Tojikiston Bosh vaziri
Mansab davri
1991-yildan – 1992-yilgacha
Oʻtmishdoshi Qahhor Mahkamov Ministrlar Soveti Raisi sifatida
Vorisi Akbar Mirzoyev
 Tojik SSR Vitse-prezidenti
Mansab davri
1990-yil 30-noyabrdan – 1991-yil 31-avgustgacha
Prezident Qahhor Mahkamov
Oʻtmishdoshi taʼsis etilgan
Vorisi Narzullo Doʻstov
 Tojik SSR Ministrlar Soveti Raisi
Mansab davri
1986-yil 4-yanvardan – 1990-yil 30-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Qahhor Mahkamov
Vorisi Qahhor Mahkamov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-iyun 1936-yil
Koʻlob
Vafoti 25-aprel 2015-yil(2015-04-25)
(78 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Mukofotlari

Izzatullo Hayoyev (tojikcha: Иззатулло Ҳаёев, 22-iyun 1936, Koʻlob tumani – 25-aprel 2015, Dushanbe, Tojikiston) – Tojik SSR Ministrlar Soveti raisi (1986-1990), Tojikiston Bosh vaziri (1991—1992)[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1961-yili Tojikiston davlat universitetini tamomlagan.

1970-yilda KPSS Markaziy qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabini tugatgan.

1970-yilda Qalay-Humb tuman kommunistik partiyasi birinchi kotibi.

1973-yil Badaxshon viloyati Ijroiya qoʻmitasi birinchi kotibi.

1978-yili Respublika goʻsht va sut sanoati vaziri.

1983-yilda Kulob viloyati Kommunistik partiyasi qoʻmitasining birinchi kotibi etib saylandi.

1986-yilda Tojikiston SSR hukumati raisi.

30-noyabr 1990-yildan 31-avgust 1991-yilgacha Tojikiston vitse-prezidenti.

1991-1992-yillarda Bosh vazir.

1994-yildan 1996-yilgacha Prezident devoni mudiri. Tojikiston fuqarolar urushi natijasida isteʼfo bergan.

KPSS MK aʼzoligiga nomzod (1986—1990), KPSS MK aʼzosi (1990—1991), XI chaqiriq SSSR Oliy Kengashi deputati, Vose milliy-hududiy 359-saylov okrugi boʻyicha Tojikiston SSR xalq deputati[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ministrlar Soveti Raisi, 2015-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-08
  2. Tajikistan
  3. XAYoYeV Izatullo