Izrail Gelfand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Israïl Moiseevich Gelfand
Tavalludi 2-sentyabr 1913-yil
Okni, Xerson guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 5-oktyabr 2009-yil(2009-10-05)
(96 yoshda)
New Brunswick, New Jersey, AQSh
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Rossiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Moskva davlat universiteti
Rutgers universiteti
Akademik rahbarlari Andrey Kolmogorov[1]
Mashhur shogirdlari Georgiy Adelson-Velskiy
Feliks Berezin
Joseph Bernstein
Aleksander Goncharov
Tanya Xovanova
Aleksandr Kirillov
Georgiy Shilov
Endre Szemerédi
Andrey Zelevinskiy
Vitaliy Ditkin
Mashhur ishlari Guruh nazariyasi, Taʼminot nazariyasi, matematik analiz
Gelfand-Levitan-Marchenko integral tenglamasi
Liouville-Bratu-Gelfand tenglamasi
Mukofotlari Lenin ordeni (3 marta)
Wolf mukofoti (1978)
Wigner medali (1980)
Kyoto mukofoti (1989)
AMJ Steele mukofoti (2005)

Izrail Moiseyevich Gelfand (ruscha: Изра́иль Моисе́евич Гельфа́нд) (20-avgust 1913-yil — 5-oktyabr 2009-yil) — sovet matematigi. Gelfand 20-asrning eng taniqli matematiklaridan biridir. Uch marotaba Lenin ordeni bilan, 1978-yilda esa Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Gelfand 800 dan ortiq ilmiy maqola va 30 ga yaqin monografiya muallifi boʻlib, yirik ilmiy maktab asoschisidir. Fizika-matematika fanlari doktori (1940), Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) (1941—1990) va Rutgers universiteti (1990—2009) professori. 1966—1970-yillarda Moskva matematika jamiyati (MMJ) prezidenti, 1984-yildan SSSR Fanlar akademiyasi toʻliq aʼzosi, 1991-yildan esa Rossiya fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan.

Gelfandning asosiy asarlari funksional analiz, algebra va topologiyaga boʻyichadir. Olim, shuningdek, normal halqalar nazariyasining (Banach algebralari) asoschilaridan biridir. Ushu nazariya asosida u Mark Naymark bilan hamkorlikda involyutsiyali halqalar nazariyasini va nazariy fizika uchun muhim ahamiyat kasb etgan cheksiz oʻlchovsiz unitar gavdalantirishlar nazariyasini yaratgan. Shu bilan birga, umumlashtirilgan funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar, topologik chiziqli fazolar nazariyasi, spektral analiz teskari muammolari, kvant mexanikasi, dinamik tizimlar, ehtimollik nazariyasi, hisoblash metodlari va boshqa sohalarda ham muhim natijalarga erishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Science Obituaries: Israel Gelfand“. The Telegraph (26-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 31-may 2013-yil.