Isroil Madrimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Isroil Madrimov
Statistikasi
Asl ismi Isroil
Laqabi Professor
Vazni 75kg
Millati oʻzbek
Tavalludi 16-fevral 1995-yil (1995-02-16) (29 yosh)
Xiva, Xorazm, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Uslubi havaskor

Isroil Madrimov (1995-yil 16-fevral, Oʻzbekiston, Xorazm viloyati, Xiva) – 75 kg vazn toifasida isteʼdodli bokschi, Boks boʻyicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi va „Uzbek Tigers“ jamoasi aʼzosi.

Havaskor faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Incheonda (Janubiy Koreya) boʻlib oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlib, 69 kg vazn toifasida amaldagi chempion qozogʻistonlik Daniyar Eleusinovga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi[1].

Nijnevartovskda (Rossiya) Farmon Salmanov xotirasiga bagʻishlangan 2016-yilgi neft mamlakatlari boks boʻyicha XIV Jahon kubogi gʻolibi. 75 kg vazn toifasidagi finalda u rossiyalik Aleksandr Agafonovni ishonchli magʻlub etdi[2]. Ammo keyingi yili, 2017-yilning noyabrida xuddi shu vaznda u Kubok finalida rossiyalik Andrey Kovalchukga qarshi kechgan keskin kurashda yutqazdi[3].

Tailand Qirol kubogi chempioni (Bangkok, 2017-yil aprel) finalda kubalik Osley Iglesias Estradani magʻlub etdi[4]. May oyida u finalda janubiy koreyalik Li Dong-Jinni magʻlub etib, Toshkentda (Oʻzbekiston) boks boʻyicha 2017-yilgi Osiyo chempioni boʻldi[5]. 2017-yilning noyabr oyida u finalda rossiyalik Igor Ivanchenkoni magʻlub etib, Sankt-Peterburg gubernatori kubogini qoʻlga kiritdi[6].

2018-yilning may oyida u finalda qrimlik Gleb Bakshi ustidan gʻalaba qozonib, yana Sankt-Peterburg gubernatori kubogini qoʻlga kiritdi[7]. Iyun oyida esa Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Prezidenti kubogida u chorak finalda 2017-yilgi Islomiada chempioni Tursinbay Qulaxmetni magʻlubiyatga uchratgan, ammo yarim finalda 2017-yilgi jahon chempioni, boʻlajak gʻolib Abilxon Amankulga yutqazib qoʻygandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi Isroil Madrimovni 2018-yilning avgust oyida Jakarta (Indoneziya) shahrida boʻlib oʻtadigan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasining bayrogʻdori deb topdi[8]. U finalda qozogʻistonlik bayroqdor Abilxon Amanqulga qarshi kurashda (3:2) ochkolar bilan gʻalaba qozondi va chempion boʻldi. Oʻyinlardan soʻng Madrimov professionalga aylandi[9].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 9-mart kuni venesuelalik 32 yoshli Frenk Roxas (24-2, 23 KO) bilan ikkinchi jangida Madrimov 2-raundda nokaut evaziga WBA Inter-Continental kamarini qoʻlga kiritdi[10].

2019-yil aprel oyida u Tailandda boʻlib oʻtgan havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida amaldagi chempion[11] sifatida ishtirok etgan, biroq chorak finalda keyinchalik Osiyo chempioniga aylangan qozogʻistonlik Tursinbay Qulaxmetga yutqazib qoʻygandi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Isroil Madrimov boks bilan 2006-yildan shugʻullanadi. Birinchi murabbiylari – Bahrom Quryozov, Ruslan Ibodullayev va Quvondiq Jabborov.
  • 2010-yilda Chirchiq olimpiya zaxiralari sport kollejiga oʻqishga kirgan. Toʻlqin Qilichev, Rustam Saidov, Ikrom Berdyiev, Alisher Rahimov kabi ustozlardan saboq olgan.
  • 2014-yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII Osiyo oʻyinlarida dastlabki xalqaro sovrinini qoʻlga kiritgan. Musobaqada finalgacha yetib borgan Madrimov, hal qiluvchi bahsda jahon chempioni, qozogʻistonlik Daniyar Yeleusinovga qarshi ringga chiqib, bellashuvni boy bergan va kumush medal sohibiga aylangan[12].
  • 2017-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Isroil Madrimov oltin medalni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioniga aylangan. Finalda Madrimov, koreyalik bokschi Dong Yun Lini katta ustunlik bilan magʻlub etgan[13].
  • 2017-yilning oktyabr oyida Qozogʻistonning Aktau shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha xalqaro turnirda Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Tashkilotchilar Isroil Madrimov Qozogʻistondagi turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishdi[14].
  • 2017-yilning 8-12 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi „Dinamo“ sport saroyida boks boʻyicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Musobaqaning eng yorqin bokschilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Isroil Madrimov finalda rossiyalik Igor Ivanchenkoni katta ustunlik bilan magʻlub etdi[15]. Bundan tashqari Isroil musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya eʼtirof etildi.
  • Rossiyaning Beloyarskiy shahrida 2017-yilning 22-27 noyabr kunlari oʻtkazilgan boks boʻyicha Neft mamlakatlari jahon kubogi musobaqasining finalida Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida rossiyalik taniqli sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi. Rossiyalik sortchining qoʻli baland kelib, Isroil kumush medal bilan chegaralandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Инчеон-2014. Бокс. Исраил Мадримов стал серебряным призёром“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  2. „В Югре завершился Кубок мира по боксу среди нефтяных стран“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  3. Is. Madrimov)Uzb) – A.Kovalchuk (Ros) FINAL Kubok neftyanix stran 2017. FINAL
  4. „«Кубок короля — 2017» У Мадримова золотая медаль, Абдураимов завоевал серебро“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  5. „Исроил Мадримов завоевал золото ЧА“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  6. Isroil Madrimov vs Igor Ivanchenko Final.12.11.2017
  7. Final the Cup of the Governor of St. Petersburg 2018
  8. „Олимпийский комитет назвал знаменосца Узбекистана на Азиатских играх“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  9. „Исроил Мадримов ушел в профессиональный бокс и назвал дату первого поединка“. 2018-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  10. „«Монстр». Беспощадный нокаут принес узбекскому обидчику Аманкула титул от WBA во втором бою в профи“. 2019-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  11. „«Монстр» из Узбекистана и другие“. 2019-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.
  12. https://championat.asia/ru/news/incheon-2014-boks-madrimov-kumush-medal-sohibi-fotogalereya
  13. https://olamsport.com/uz/news/isroil-madrimov-osiyo-chempioni
  14. https://olamsport.com/uz/news/madrimov-qozogistondagi-turnirning-eng-yaxshi-bokschisi-boldifoto
  15. arxiv nusxasi, 2017-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-30