Imperiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imperiya (lot. imperium — hokimiyat) — 1) imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi; baʼzi qadimiy zamon (Rim imperiyasi), oʻrta asr ("Muqaddas Rim imperiyasi") yirik monarxiya davlatlari ham imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr I davri (1721)dan Romanovlar hokimiyati agʻdarilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon I (1-imperiya) va Napoleon III (2-imperiya) davrida, Avstriya 1804— 1914-yillarda (1868-yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871-yildan 1918-yil inqilobiga qadar) imperiya boʻlgan; 2) mustamlakalari boʻlgan yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etgan[1].

Imperiya (lot. imperium, ma'nosi yuqori hokimiyat) — boshligʻi imperator unvoniga ega boʻlgan monarxiya davlati. Bitta markazdan boshqariladigan koʻpmillatli, yoki koloniyalarga ega boʻlgan davlatlar ham imperiya deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda davlat boshligʻi imperator boʻlgan bitta davlat bor - Yaponiya (lekin amalda Yaponiyaning oʻzi imperiya emas).

Mashhur imperiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil