Imago

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imago (lotincha: imago — koʻrinish) — hasharotlar individual rivojlanishidagi soʻnggi (definitiv) bosqich, voyaga yetgan hasharot. Qanotlarining toʻliq rivojlanganligi va qornining key-ingi qismida jinsiy oʻsimtalarning boʻlishi imago ning asosiy belgisi hisoblanadi. Imago davrida hasharotlar tarqaladi va koʻpayadi. Hasharotlarning oʻsishi va pust tashlashi tugallanadi. Bir qancha hasharotlar imagosi oziqlanmaydi yoki oziqlanishi cheklangan boʻladi. Koʻpchilik hasharotlar imago davrida harakatchan boʻladi. Imago davri bir necha soat yoki kundan (kunliklar, ayrim tangaqanotlilar, yelpigʻichqanotlilar erkaklari) bir necha oy yoki yilgacha davom etadi. Ona asalari imagosi 3— 5 yil, ayrim qora tanli qoʻngʻizlar imagosi 15 yilgacha hayot kechiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil