Idrisiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Idrisiylar — Marokashda hukmronlik qilgan arab sulolasi (8—10-asrlar). Idris ibn Abdulloh sulolaga asos solgan. Idris II (792—828) vafotidan keyin Idrisiylar davlati mayda mulklarga (I. boshqargan) boʻlinib ketgan. Qurtuba xalifaligi qoʻshinlari tomonidan tugatilgan (974 yoki 985).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil