IELTS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IELTS
Akronim IELTS
Nomi International English Language Testing System
Test topshirish uslubi Standard imtihon, qogʻozda yoki elektron qurilma orqali. Asosan ikki turi mavjud, „Academic“ va „General Training“ va IELTS Life Skills
Kompaniya British Council, IDP, Cambridge Assessment English
Til bilish qobiliyatlari Tinglab tushunish, oʻqib tushunish, gapirish va yozish
Maqsadi Millati ingliz boʻlmaganlarning ingliz tili darajasini bilishini baholash
Boshlangan yili 1980, 43 yil avval
Oʻtkazilish davri Tinglab tushunish uchun taxminan 40 daqiqa (10 daqiqa javoblarni koʻchirish uchun ketadigan vaqt bilan), o'qib tushunish uchun 60 daqiqa, yozish uchun 60 daqiqa, gapirish uchun 11-14 daqiqa, jami taxminan 2 soat va 55 daqiqa
Test olinadigan mintaqalar 140 dan oshiq dunyo davlatlarida 1600 dan oshiq test markazlarida
Til ingliz
Yillik oʻrtacha test topshiruvchilar 2018-yil holatiga koʻra 3.5 million
Mezon 0-9 ball oralig'ida baholanadi, 0.5 an qoʻshilib boradi
Toʻlov oʻrtacha 250 AQSH dollari

IELTS (inglizcha: International English Language Testing System) – inglizzabon mamlakatda taʼlim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi yoki amaliyot oʻtamoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovi. Test ona tili ingliz tili boʻlmagan insonlarning bu tilni qanchalik chuqur bilishlarini aniqlashga yordam beradi.

Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni xohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.

Ballar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Testning har bir boʻlimi uchun ballar 1 dan 9 gacha boʻlgan shkalada oʻlchanadi. Soʻng 4 boʻlim boʻyicha oʻrta ball hisoblanadi. Eng yuqori ball 9.

  • 9 – tajribali foydalanuvchi – ekspert
  • 8 – juda yaxshi foydalanuvchi
  • 7 – yaxshi foydalanuvchi
  • 6 – kompetent foydalanuvchi
  • 5 – oʻrtacha foydalanuvchi
  • 4 – chegaralangan foydalanuvchi
  • 3 – nihoyatda chegaralangan foydalanuvchi
  • 2 – qisman foydalanuvchi
  • 1 – foydalanuvchi emas

Universitetda oʻqish uchun IELTS boʻyicha oʻrtacha 6.0 balliga ega boʻlish zarur. Agar natija 5.0 yoki 5.5ni tashkil etsa, u holda siz 6.0 koʻrsatkichiga ega boʻlish uchun shu oʻquv yurti qoshidagi koʻpi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak boʻladi (ayrim universitetlar oʻrtacha ballarini 6.5 deb eʼlon qilishlari mumkin). Shunday qilib, IELTS Academic module boʻyicha oʻtish balli 5.0.

TAFE, kollejlar va trening kurslari uchun 5.5 miqdoridagi oʻrtacha ball talab etiladi; 4.5 yoki 5.0 natijasiga erishish hollarida siz 5.5 koʻrsatkichiga ega boʻlish uchun shu oʻquv yurti qoshidagi koʻpi bilan 30 hafta davom etadigan ingliz tili kurslariga qatnashishingiz kerak boʻladi. Demak, talabalik vizasini olish uchun IELTS General Training module boʻyicha oʻtish balli 4.5.

IELTS va CEFR toefl[tahrir | manbasini tahrirlash]

IELTS bali CEFR darajasi[1]
9.0 C2
8.5
8.0 C1
7.5
7.0
6.5 B2
6.0
5.5
5.0 B1
4.5
4.0
3.5
3.0
2.5
2.0
1.5
1.0
0.5 Sinovga urinmagan.
0.0

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]