Hurriyat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

«HURRIYAT» — ijtimoiy-siyosiy va huquqiy yoʻnalishdagi mustaqil gazeta. 1997-yil yanvardan Toshkent shahrida haftada 1-marta chop etiladi. Muassisi: Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi. Gazeaning «Jurnalist tekshiruvi», «Tekshiruv», «Himoya», «Huquq», «Fikr», «Mu-lohaza», «Munosabat», «Javob», «Tafakkur», «Maʼrifat» kabi ruknlarida eng sara va oʻqishli maqolalar berib boriladi. Ijtimoiy-siyosiy mavzularda V. Alimasov, Z. Isomiddinov, X. Doʻstmuhammad, Oʻ. Hayitov; huquqiy mavzuda H. Olimjonov, A. Jonuzoqov; maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda O. Joʻraboyev, N. Hasanov, I. Ubaydullayevalar qiziqarli maqolalar bilan muntazam qatnashib kelmoqda.