Hujjat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hujjat — keng maʼnoda — maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar). Hujjat matn, tasvir, tovush va boshqalardan ibo-rat boʻlishi mumkin.

Mazmuniga koʻra, Hujjat ilmiy-texnika Hujjatlari (maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar, jadvallar va hokazo), huquqiy Hujjatlar (qarorlar, farmonlar, shartnomalar va h.k.), boshqaruv Hujjatlari (buyruqlar, koʻrsatmalar, qarorlar va h.k.)ga boʻlinadi. Shakllanish manbaiga koʻra, birlamchi va ikkilamchi (referatlar, anno-tatsiyalar va h.k.) Hujjatlar farqlanadi. Idora Hujjatlari toʻplami, odatda, kirish, chiqish va ichki (xizmatda foydalanish uchun) Hujjatlariga boʻlinadi. Mas, bank muassasasi Hujjatlari ichidagi mijozlar bankka taqdim etadigan hujjatlar: toʻlov topshiriqnomalari, chek va boshqa kirish Hujjatlari; bank ishtirokida rasmiylashtiriladigan va mijozlarga beriladigan Hujjatlar chiqish Hujjatlari hisoblanadi.

Huquq fanida hujjat deganda, odatda, qonunda belgilangan shaklda tuzilgan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan (shaxsning tugʻilganlik, maʼlumot olganlik, nikohdan oʻtganlik, mehnat staji kabi) faktlarni tasdiqlovchi, yozma aktlar tushuniladi. Hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniqlash vositasi sifatida katta ahamiyatga ega. Hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi (qarang Xujjatlarni qalba-kilashtirish).