Henri Poincaré

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Henri Poincaré
Tavalludi 29-aprel 1854
Vafoti 17-iyul 1912[1]
Fuqaroligi Fransiya[2]
Otasi Émile-Léon Poincaré

Henri Poincaré (1854.29. 4, Nansi — 1912.17.7, Parij) — fransuz matematigi. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1887). Parij universiteti professor (1886). Geografik uzunliklar byurosi aʼzosi (1893). Asosiy ilmiy ishlari differensial tenglamalar, avtomorf funk-siyalar nazariyasi, osmon mexanikasi, matematik fizika va topologiyata oid. P. differensial tenglamalar yechimini boshlangʻich shartlarga va tenglama parametriga bogʻliq holda tekshirdi. Bunda P. maxsus nuqtalar tasnifini taʼrifladi va limit sikllarini oʻrgandi. P. kombinator topologiyaning asosiy tushunchalari (Betti soni, fun-damental gruppa va boshqalar)ni kiritdi. P. matematik fizika sohasida 3 oʻlchovli kontinuum tebranishini, shuningdek, issiklik oʻtkazuvchanlik nazariyasi, elektromagnit tebranishlar nazariyasi va boshqa masalalarni tadqiq qilgan. „Elektron dinamikasi“ asarida (1905) A. Eynshteyndan mustaqil tarzda maxsus nisbiylik nazariyasi asoslarini bayon etgan. P.ning maxizmta oid falsafiy dunyoqarashlari diqqatga sazovor.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil