Hayotiy sikl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayotiy sikl, rivojlanish sikli — barcha rivojlanish davrlari majmui. Hayotiy sikl, odatda, zigotadan boshlanadi va oʻzidan nasl qoldirish qobiliyatiga ega boʻladi. Hayotiy sikl ning davomiyligi yil davomida rivojlanadigan nasl (generatsiya) soni yoki bir Hayotiy sikl davom etadigan yillar soni, shuningdek, Hayotiy sikl davomida sodir boʻladigan tinim, yaʼni diapauza davrining davomiyligiga bogʻliq.

Hayvonlarda Hayotiy sikl oddiy va murakkab boʻladi: oddiy Hayotiy sikl bevosita (oʻzgarishsiz) rivojlanadigan (mas, oʻrgimchaksimonlar, kam tukli chuvalchanglar, quruqlikda yashovchi umurtqasizlar), murakkab Hayotiy sikl — metamorfoz orqali rivojlanadigan hayvonlar (koʻpchilik hasharotlar, boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar, dengiz hal-qalilari va mollyuskalari) uchun xos. Metamorfoz rivojlanishida Hayotiy sikl 1 individning rivojlanishi bilan bel-gilanadi (mas, kapalaklarda: tuxum— qurt—gʻumbak — voyaga yetgan kapalak; baqada: tuxum—itbaliq—voyaga yetgan baqa). Nasl gallanib rivojlanishida yoki gallanib koʻpayishida Hayotiy sikl har xil avlodlarga mansub bir necha in-dividlarda dastlabki forma paydo boʻlguncha davom etadi. Mas, ssifo-id meduzalar (boʻshliqichlilar)t: tuxum—planula—efira—meduza; oʻsimlik shiralarida: tuxum—asos qoʻyuvchi urgʻochilar—migrantlar—jins hosil qiluvchilar—erkaklar va tuxum qoʻyadigan urgʻochilar. Shunday qilib, Hayotiy sikl ni oʻrganish birligi bitta ontogenez yoki birin-ketin boradigan bir necha ontogenez boʻlishi mumkin. Bir hujayrali hayvonlardan sporalilar (mas, qon sporalilari, koksidiyalar) Hayotiy sikli ayniqsa murakkab boʻladi.

Oʻsimliklarda yopiq urugʻlilar uchun bir yillik, 2 yillik va koʻp yillik Hayotiy sikl xos Tuban va sporali yuksak oʻsimliklar Hayotiy siklida gameto-fit va sporofit boʻtimlari almashinib turadi. Parazit zamburugʻlar Hayotiy sikli murakkabligi jihatidan xoʻjayin al-mashinish orqali rivojlanadigan parazit yassi chuvalchanglarnikiga oʻx-shaydi. Mas, zang zamburugʻlar Hayotiy sikl da etsidiosporalar, uredosporalar, teleytosporalar, shuningdek, bazidial bosqich hosil qiladigan davrlari boʻladi.