Haykal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haykal - arabcha soʻz boʻlib, „Ulugʻ shakl“ degan maʼnoni anglatadi.

  • tasviriy sanʼat asari; haykal-taroshlikt tosh, yogʻoch, suyakni yoʻnib, oʻyib, metall (asosan, bronza, zanglamaydigan poʻlat), beton, gipsni qolipga quyib, qotirib, sopol, chinni haykalchalar tayyorlashda loyga shakl berib, keyin qizdirib ishlanadi. Monumental (ochiq havoda), dast-gohli (bino ichida), bezak (meʼmorlik, bogʻ-parkda), juda kichik hajmda ishlanadigan (uy ichida bezak vazifasini oʻtovchi) xillari bor;
  • zargarlik buyumi; qoraqalpoq ayollarining murakkab koʻkrak taqinchogʻi. Haykel deb ham ataladi. Zebigardonnint eng qad. va aniq nomi. H. asosiy turunj va boʻyinga osiladigan zanjirli qismlardan iborat: yuzasi bosma naqshlar bilan bezatilgan turunj qismi hajmdor boʻlib, yirik marjonli koʻzlar qadalgan yapaloq naycha va uning ustki va ostki tomoniga kungurador ("ona — maʼbuda" tasvirini ifoda-lovchi) shakllar ishlangan qismlardan iborat; quyi qismi yaproqcha, du-maloq qubbachalar, zigʻiraklar osilgan zanjirli shokilalar bilan hoshiyalanadi. Qad.dan hosildorlik homiysi (tumor) sifatida qadrlangan. H.ni raqqosalar milliy kiyimning tarkibiy qismi sifatida taqadilar.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]