Hamad ibn Iso al Xalifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

XALIFA shayx Hamad bin Iso (1950.28.1, Al-Rif sh.) — Bahrayn davlat arbobi. Bahrayn amiri oilasida tugʻilgan. Uyda diniy taʼlim olgach, Kembrijda oʻrta maktabni tugatgan. 1964-yil rasmiy taxt vorisi etib eʼlon qilingan. Buyuk Britaniyada zobitlar bilim yurtini tutatgach (1968), vataniga qaytib Bahrayn qurolli kuchlarini tashkil qildi va qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni etib tayinlandi. 1971-yildan mudofaa vaziri, 1999-yil 6 martda otasi vafotidan soʻng Bahrayn amiri. 2002-yil 14 fevralda Bahraynni podshohlik, oʻzini podshoh deb eʼlon qildi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]