Gʻijduvon jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻijduvon jangi
Safaviylar va Shayboniylar oʻrtasidagi urushlar
Sanalar 1512-yil 12-noyabr
Urush yeri Gʻijduvon
Natija Oʻzbeklar gʻalabasi
Raqiblar
Buxoro xonligi Safaviylar davlati
Qoʻmondonlar
Ubaydullaxon Najmi Soniy (†)

Gʻijduvon jangi — bir tomondan Movarounnahr shayboniylari, ikkinchi tomondan Najmi Soniy boshchiligidagi qizilboshlilarning Safaviylar davlati qoʻshinlari oʻrtasidagi jang boʻlib, unda 1512-yili Najmi Soniy qoʻshini ustidan Ubaydullaxon boshchiligidagi shayboniylar hal qiluvchi gʻalabaga erishganlar.

Jangning borishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1510-yil noyabrda Shayboniyxon vafotidan soʻng, 1511-yil yanvarida Bobur yana Buxoro va Samarqandni qaytarishga harakat qiladi va sunniylikka amal qilgan Suyunchxo‘jaxon[1] boshchiligidagi shayboniylar ittifoqiga qarshi kurashish uchun 1511-yilda Davlati Qizilbosh (Qizilboshlar davlati)[2][3][4] ning asoschisi safaviylar shohi va shia Ismoil I Safaviydan yordam soʻrashga majbur boʻladi.

1511-yilda Bobur Movarounnahrning katta qismini egallashga muvaffaq boʻlgan. XVI asr tarixchisi Sharafxon Bidlisiyning yozishicha, „Bu vaqtda Shoh Ismoilning ko‘magi va yordami bilan Movarounnahrni zabt etgan Bobur Mirzoning xayolidagi o‘zgarishlar haqidagi xabar Ismoilshohga yetib borgan. Podshoh amir Najmi Soniyga ularga saboq berib, Movarounnahrni zabt etishni buyuradi“[5].

Bobur shohning xizmatkori Najmi Soniyga „yetarlicha eʼtibor bermagan“. Yana Qumda bo‘lgan Shoh Ismoilga Boburning go‘yoki unga dushmanlik niyatida ekani haqida xabar beradi. Keyin Shoh Ismoil Najmi Soniyni qizilboshlar qo‘shini bilan Movarounnahrga jo‘natadi. Ularning ikkita vazifasi boʻlgan. Birinchisining natijasi Samarqand va Buxoroning bosib olingan. Ikkinchisi esa Najmi Soniy boshchiligidagi Safaviylar qoʻshinining toʻliq magʻlubiyati bilan yakunlangan. Magʻlubiyat sababiga kelsak, ikki xil nuqtai nazar bor, Oqtay Əfəndiyev magʻlubiyat sababini „rahbarining shafqatsizligi, ahmoqligi va qaysarligi (15 ming kishilik Qarshi aholisi Najmi Soniyning buyrugʻi bilan shafqatsiz oʻldirilgan; hatto sayyidlarga ham rahm qilinmagan)“ deb hisoblagan. Aksincha, Roger Savory Safaviylar qo‘shinining mag‘lubiyati qizilbosh amirlarining bir qismining jang maydonidan chekinishiga sabab bo‘ldi, deb hisoblardi[6]. Najmi Soniy o‘zbeklarga asir tushib, Ubaydullaxonning buyrug‘i bilan qatl etilgan[7].

Ammo Boburning Safaviylarga yon berish siyosati, vassalomlikni tan olishi mahalliy aholining unga bo‘lgan ishonchini so‘ndiradi. Aholining noroziligidan foydalangan shayboniy Ubaydullaxon hujumga o‘tib, 1512-yil aprelda Koʻli Malik jangida Boburni tor-mor keltirgan. 1512-yil kuzida Safaviylar qoʻshinlari Shayboniylar davlati[8] hududini egallash maqsadida bostirib kirishdi. Eronlik qo‘mondoni Najmi Saniy Qarshi shahrini egallab, bu yerda tinch aholini o‘ldirishga buyruq beradi. Sayyidlar, mashhur shoir va tarixchi Kamoliddin Binoiy doxil 15 mingdan ortiq kishi oʻldirilgan.

1512-yil kuzida shayboniy sultonlar Samarqandda toʻplanib, oʻzbek xoni Abulxayrxon va temuriy Mirzo Ulugʻbeklarning nevarasi Koʻchkunchixonni (1512—1530) Shayboniylar davlatining oliy xoni etib sayladilar[9][1][10]. 1512-yilda Koʻchkunchixon Sulton Muhammad Temur Sulton va Abu Said Sultonni Ubaydullaxonga yordamga yuborgan. Dastlab jangda faol qatnashgan Bobur qo‘shinlari jangda ikkilanib turadi, natijada qizilboshlarning orqa qismini ochiq qolib, o‘zbeklar bundan foydalanadi va orqa tomonga o‘tib, qizilboshlarga har tomondan zarba beradilar[9].

1512-yil 12-noyabrda Buxorodan 40 kilometr uzoqlikdagi Gʻijduvon shahri yaqinida Najmi Soniy boshchiligidagi Safaviy qoʻshinlari bilan Ubaydullaxon boshchiligidagi Shayboniyxonning oʻgʻli Muhammad Temur Sulton va Koʻchkunchixon oʻgʻli Abu Said Sultonning birlashgan oʻzbek qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻladi[11].

Jangdan keyingi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

G‘ijduvondagi g‘alabadan ruhlangan Jonibek Sulton Amudaryodan o‘tib, Hirotga yo‘l oladi. Bu haqdagi xabar Hirotga 1512-yil 26-noyabrda yetib boradi, oradan uch kundan soʻng qochoqlar Husaynbek va Ahmedbek Soʻfioʻgʻli paydo boʻladi, ulardan bir oz oʻtib Balxda Xoʻja Mahmud bilan xayrlashgan yana bir qochoq Gʻiyosiddin Muhammad paydo boʻladi. Hirot istehkomlari shoshilinch ravishda mustahkamlanib, shaharning to‘rt darvozasi — Molik, Firuzobod, Xush va Iroq G‘iyosiddin Muhammad, Imodiddin Muhammad, Sulton Mahmud va nomi nomaʼlum boshqa bir zobit qo‘mondonligi ostiga o‘tkazilgan[12].

Jonibek Sulton 1513-yil yanvarida Hirotni qamal qiladi va keyinchalik Ubaydullaxon unga qoʻshilgan boʻlsa-da, shahar ikki oy davomida, nihoyat, 1513-yil 11-mart, juma kuni, Navroʻz kuni ertalabgacha qamal toʻxtatiladi, bu esa aholining katta xursandchiligiga sabab boʻlgan. Ammo Murgʻob yaqinida chekinayotgan oʻzbeklar Muhammad Temur Sultonni oʻz qoʻshinlari bilan kutib olganlar, shundan soʻng Jonibek Sulton Karmanadagi qarorgohiga joʻnash uchun hozir boʻlganlar bilan xayrlashgan, Ubaydullaxon esa Muhammad Temur Sulton bilan birga Tus va Mashhadni egallash uchun qaytgan. Bu shaharlarning qulashi va shohdan yordam berilmagani qizilboshlarni Hirotdan chiqib ketishga majbur qiladi; shaharni Muhammad Temur Sulton egallab, oʻzining nomidan tangalar zarb qilishni boshlagan[12].

Bu orada Shoh Ismoil I 1513-yilda Isfahondagi qishki qarorgohida edi. 1513-yil 3-martda Isfahon yaqinidagi Shahobodda oʻgʻil koʻradi, unga Abulfath Taxmasp Mirzo ismi beriladi. Bu quvonchli bir vaqt oʻtgach G‘ijuvondagi mag‘lubiyat va o‘zbeklarning Xurosonga bostirib kirishi haqidagi xabarlar keldi. Qasos olishga chanqoq shoh Save, Firuzkoʻh, Sulton Maydon, Kalpush va Ulangi-Radkon orqali Mashhadga yo‘l oldi. Saveda 10 kun toʻxtab, uch oylik yurish uchun oziq-ovqat tayyorlashni buyurgan; yana o‘n kun Firuzkoʻhda to‘xtab Sharafaddin Alini (Iroqdan qaytgan) vazir, Nizomuddin Abdulbag‘iyni maslahatchi etib tayinlagan; Bistomda bir necha kun qoʻshinini koʻzdan kechirib, Kalpushdaligida esa Ubaydullaxonning Buxoroga ketayotib Mashhaddan Marvga va Muhammad Temur Sultonning Hirotdan Samarqandga qochib ketganligi haqda xabar oladi[13].

Muhammad Temur Sulton qochib ketganidan soʻng Hirotda gʻalayonlar koʻtarilib, shahar oʻzining Gʻiyosiddin Muhammad, Sulton Mahmud, Jaloliddin Muhammad Farnoxudiy, Qosim Xondamir va Shoh Husayn Xiyoboniy kabi yetakchilarini yoʻqotib, oʻzbek rahbarini Samarqandga kuzatib borishga majbur boʻldi. Bir muddat shaharni Abulqosim Balxiy egalladi; so‘ng safaviylar tarafdorlari tomonidan quvib yuborilib, Karx va Badgʻisdan 2000 askar bilan qaytib keladi va xoinlar Shihobuddin Guriy va Nizomuddin Abdulqodir Mashhadiylar yordamida shaharni qamal qildi. Qamalning sakkizinchi kuni Shohning Fusanj hokimi Piri Sulton shaharga bostirib kiradi, Shihobuddin G‘uriy va uning 300 askarini kutilmaganda o‘ldiradi, ammo Abulqosim Baxshi va Nizomuddin Abdulqodir Mashhadiy Garchistonga qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Bu orada shoh Ulangi-Radkonga yetib keladi. Marvning sobiq hokimi Dadabek Talish keyinroq afv etilgan va faxriy libosga ega bo‘lgan. Hirot yana Safaviylar qoʻshinlari tomonidan bosib olinganligi sababli unga hokim tayinlash talab qilindi: bu lavozimga Zaynal Sulton Shomliy saylangan va unga xon unvoni berilgan, Amirbek Mosullu esa Kobul hokimi etib tayinlangan[13].

Mashhaddagi qabrni ziyorat qilgandan keyin shoh Badg‘isga, u yerdan esa Bobo-Xakiyga yoʻl oladi. Choʻxi Sultonning jazo yurishi esa, ilgari kutilmaganda G‘ijuvondan qochqin bo‘lgan qizilboshlarga hujum qilgan Bodg‘is ko‘chmanchilaridan qasos olishga va sentyabr oyi boshida Puli Chirog‘da Xo‘ja Mahmudning o‘ldirilishiga javobga aylangan. Dev Sulton Rumlu va amir Sulton Mosulluga Shibirgʻon, Andxo‘y va Balxni o‘ziga bo‘ysundirish buyurilgan. Shibirgʻon jangsiz boʻysungan; Andxoʻy olti kunlik qamaldan soʻng olinib, aholisi qirgʻin qilingan, himoyachisi Qora Bagʻal esa qafasga solib, shoh huzuriga joʻnatilagan; Balxga kelsak, xuddi Shibirgʻon singari jangsiz taslim bo‘lgan. Shohning buyrug‘iga binoan Dev Sulton Rumlu Balx ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olgan va amir Sulton Mosullu Kobulda sulton lavozimiga tayinlangan[14].

Shoʻjabek 1511-yil yozida Ixtiyoriddin qal’asidan qochgandan keyin qo‘lga kiritilgan Qandahorni bo‘ysundirish uchun qolgan. Shohruhbek Afshorning qaytishi bilan qoʻzgʻolonchini yana tavba qilib, muntazam ravishda soliq toʻlashga majbur qildi, shundan soʻng Safaviylar qoʻshini yana shoh qarorgohiga qaytadi. Xurosonni qaytarib olgan shoh qarorgohni tark etib, Iroqqa jo‘nagan. Nizomuddin Abdulbegi va Chayon Sulton Ustajli boshchiligida Nishopurdan yuborilgan jazo otryadi qoʻzgʻolonchi Muhammad Temur Sultonni ushlay olmagan, lekin Niso va Obivarddagi qoʻzgʻolonchilarning koʻp qismini qirib tashlagan va Isfahondagi shoh qarorgohiga borib qoʻshin bilan birlashgan[14].

XVI asr oʻrtalaridagi oʻzbek jangchisi portreti

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston tarixi (XVI — XX asrning birinchi yarmi) T:. 1993.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 McChesney 1991, s. 51.
  2. История Востока. Восточная Литература, 2000 — 100 bet. 

    Основанное Исмаилом I Сефевидом (1502—1524) государство чаще всего и называлось доулет-е кызылбаш, то есть Кызылбашское государство.

  3. Н.В.Пигулевская. История Ирана с древнейших времён до конца 18 в, Л., 1958 — 255 bet. 
  4. Roger Savory. Iran Under the Safavids — 34 bet. 
  5. Шараф-хан Бидлиси. Шараф-наме. Т.2 М., 1976, с.157-158
  6. Savory R. M. Iran under the Safawids. Cambridge: Univ. press, 1980.
  7. Октай Эфендиев. Азербайджанское государство Сефевидов в XVI веке. Баку, 1981, с.253
  8. Рустан Рахманалиев. Империя тюрков. Великая цивилизация http://admw.ru/books/Imperiya-tyurkov--Velikaya-tsivilizatsiya-/81 (Wayback Machine saytida 2023-03-21 sanasida arxivlangan)
  9. 9,0 9,1 Бартольд 1973, s. 141.
  10. Тревер 1947, s. 49.
  11. http://admw.ru/books/Imperiya-tyurkov--Velikaya-tsivilizatsiya-/81 (Wayback Machine saytida 2023-03-21 sanasida arxivlangan) Рано утром узбеки вышли из крепости и расположили войска среди улочек, бывших вне цитадели. Союзники также приготовились к бою и первыми атаковали узбеков. В этом и заключалась ошибка союзного командования, поскольку узбеки расположились так, что арена боя была крайне ограниченной, и они стреляли в неприятеля изо всех углов, укрытий и дворов. В начале боя султан Бабур храбро сражался против отряда Джаныбек-султана и контратакой отбросил его к отдаленным городским улицам, но в своем движении по трудно проходимым узким переулкам войска союзников замешкались. Этим воспользовались узбеки и, зайдя в тыл неприятелю, ударили его столь яростно, что он уже не смог удержать позиций и нормализовать положение своих отрядов. Узбеки выиграли бой за Гидждуван в течение нескольких часов. Эмир Наджми и все его офицеры погибли. Несметная добыча из драгоценностей, золотой и серебряной утвари, тканей попала в руки узбеков.
  12. 12,0 12,1 Sarwar 1939, s. 69.
  13. 13,0 13,1 Sarwar 1939, s. 70.
  14. 14,0 14,1 Sarwar 1939, s. 71.