Robert H. Goddard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Goddard Robertdan yoʻnaltirildi)

Robert Hutchings Goddard (talaffuzi: Robert Hatchings Goddard; 1882-yil 5-oktyabr, Worcester — 1945-yil 10-avgust, Baltimore)[1]amerikalik muhandis, professor, fizik va ixtirochi, raketa texnikasini yaratuvchilaridan biri. Worcester politexnika institutini tugatgan (1908). Clark universitetida (1914—1943) aviatsion tadqiqot byurosida direktor boʻlib (1942—1945) ishlagan. Dunyoda birinchi boʻlib suyuqlikli raketa dvigatelini uchirgan. Goddard bir qator eksperimental suyuqlikli raketa va dvigatellarni ishlab chiqqan hamda sinagan. Oyning teskari tomonidagi kraterlardan biri Goddard nomi bilan ataladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Robert H. Goddard“. New Mexico Museum of Space History. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.